O‘zbekiston qilichbozlik bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etadi — terma jamoa tarkibi

11:16 21 Iyul 2023 Dunyo
1144 0

Italiyaning Milan shahrida 22-iyuldan qilichbozlik bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati start oladi.

TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi Italiyada o‘tadigan qilichbozlik bo‘yicha jahon chempionatida to‘liq tarkibda ishtirok etadi, deb xabar beradi Milliy olimpiya qo‘mitasi.

Italiyaning Milan shahrida qilichbozlik bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati start oladi. O‘zbekiston terma jamoasi ham bo‘lib, sportchilar Apennin yarim oroliga katta tarkibda yo‘l olgan.

Musobaqa dasturi va sportchilarning chiqishi haqidagi ma’lumot quyidagicha:

22 iyul - Saralash: ayollar shpaga, erkaklar sablya qurolida.
Tarkib: Malika Hakimova, Sevara Rahimova, Shahzoda Egamberdiyeva, Dilnaz Murtazoyeva / Sherzod Mamutov, Zuhriddin Qodirov, Islombek Abdazov, Musa Aymuratov.

23 iyul - Saralash: ayollar rapira, erkaklar shpaga qurolida.
Tarkib: Umida Ilyasova / Fayzulla Alimov, Javohir Nurmatov, Nodirbek Mo‘minov, Meyrxan Timurov.

24 iyul - Saralash: ayollar sablya, erkaklar rapira qurolida.
Tarkib: Zaynab Dayibekova, Gulistan Perdibayeva, Paola Pliyego, Fernanda Errera / Muhammad Yusuf Asranov, Ahmudilloxon Solixojiyev, Ilyas Molina, Doniyor Sa’dullayev.

25 iyul - Pley-off bosqichi: ayollar shpaga, erkaklar sablya qurolida

26 iyul - Pley-off bosqichi: ayollar rapira, erkaklar shpaga qurolida

27 iyul - Jamoaviy saralash: ayollar shpaga, erkaklar sablya qurolida Pley-off bosqichi: ayollar sablya, erkaklar rapira qurolida (yakkalik)

28 iyul - Jamoaviy saralash: erkaklar shpaga, ayollar rapira qurolida ¼, ½ final va final: ayollar shpaga, erkaklar sablya qurolida

29 iyul - Jamoaviy saralash: ayollar sablya, erkaklar rapira ¼, ½ final va final: ayollar rapira, erkaklar shpaga qurolida

30 iyul - ¼, ½ final va final: ayollar sablya, erkaklar rapira qurolida

Musobaqa 22-iyul kuni boshlanadi. U Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari yo‘lida eng yirik reyting ochkolarni taqdim etadi. Unda 158 mamlakatdan 1000 dan ziyod qilichboz g‘oliblik uchun bahs olib boradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер