Oʻzbekiston qiymati 7 mln. AQSH dollaridan koʻproq miqdorda sabzi eksport qilgan

23:18 15 Sentyabr 2021 Iqtisodiyot
590 0

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 7 oyida Oʻzbekiston 10 ta davlatga qiymati 7,0 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 47,4 ming tonna sabzi eksport qilgan. 

Sabzi eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,2 ming tonnaga koʻp.

Oʻzbekiston sabzi va sabzi mahsulotlarini eng koʻp eksport qilgan davlatlar:
Qozogʻiston – 28,2 ming tonna
Qirgʻiz R. – 16,0 ming tonna
Rossiya – 2,9 ming tonna
Tojikiston – 322,5 tonna
Belarus – 10,3 tonna

2021-yilning 7 oyida xorijga eng koʻp sabzi eksport qilgan hududlar:

Andijon viloyati – 12,5 ming tonna
Toshkent viloyati – 10,7 ming tonna
Qoraqalpogʻiston R. – 5,9 ming tonna
Fargʻona viloyati – 4,8 ming tonna

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?