Oʻzbekiston 2022-yil dastlabki 7 oyida qiymati 6,6 mln AQSH dollarlik olma eksport qildi

11:41 14 Avgust 2022 Jamiyat
474 0

Foto: Arxiv surat

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston 7 ta davlatga qiymati 6,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 16,9 ming tonna olma eksport qilgan.

Olma eksporti 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 8,3 ming tonnaga oshgan.

2022-yilning 7 oyida Oʻzbekiston olma eksport qilgan asosiy davlatlar:

Qozogʻiston – 11,6 ming tonna;

Rossiya – 3,8 ming tonna;

Qirgʻiz R. – 1,2 ming tonna;

Turkmaniston – 128 tonna.

2022-yilning 7 oyida xorijga eng koʻp olma eksport qilgan hududlar:

Fargʻona viloyati – 5,1 ming tonna;

Xorazm viloyati – 4,3 ming tonna;

Buxoro viloyati – 1,5 ming tonna;

Toshkent viloyati – 1,4 ming tonna.

2022-yilning iyul oyida olmaning narxi iyun oyiga nisbatan yaʼni bir oyda oʻrtacha 25 % ga arzonlashgan.

Olma narxlari yil boshidan buyon oʻrtacha 15,1 % ga pasaygan. Bu oʻtgan yilning mos oyiga nisbatan yaʼni yillik nisbatda oʻrtacha 16,8 % ga arzonlashgani kuzatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?