Oʻzbekiston – Qatar: qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish sohasida yangi loyihalar

15:49 15 Mart 2023 Iqtisodiyot
587 0

Foto: Халқ сўзи

Joriy yilning 14-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Qatarning “Nebras Power” kompaniyasi biznesni rivojlantirish boʻyicha direktori Faysal Obayd al-Siddiqiy bilan muzokaralar oʻtkazdi.

Tomonlar Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida umumiy quvvati 3,1 GVt boʻlgan issiqlik elektr stansiyalarini qurish boʻyicha loyihalarni tayyorlash jarayonini koʻrib chiqdilar.

Maʼlumot uchun: Nebras Power kompaniyasi 2014-yilda tashkil etilgan boʻlib, bosh qarorgohi Dohada (Qatar) joylashgan. Kompaniya energetika va suv sanoatida loyihalarni amalga oshirib keladi. Aktivlari - 2,3 milliard dollar, xodimlar soni 600 dan ortiq kishini tashkil qiladi. Kompaniya dunyoning 8 dan ortiq mamlakatlarida faoliyatini olib boradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?