Oʻzbekiston Qandahordagi masjidda sodir etilgan terrorchilik harakatini keskin qoralaydi — TIV

11:13 16 Oktyabr 2021 Siyosat
620 0

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Afgʻonistonning Qandahor viloyatidagi masjidlardan birida sodir etilgan navbatdagi terrorchilik harakati boʻyicha bayonot berdi.

“Oʻzbekiston 2021-yil 15-oktabr kuni Qandahor viloyatidagi masjidda sodir etilgan hamda koʻplab insonlarning halok boʻlishiga olib kelgan navbatdagi terrorchilik harakatini keskin qoralaydi.

Bunday gʻayriinsoniy hujumlar vaziyatning yanada keskinlashuviga olib keladi va Afgʻonistonda uzoq muddatli tinchlik oʻrnatilishiga toʻsqinlik qiladi.

Afgʻoniston hukumatining mamlakatda bu kabi hodisalarning oldini olish uchun qoʻshimcha choralar koʻrish harakatlarini olqishlaymiz.

Oʻzbekiston Hukumati halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga samimiy taʼziya izhor etadi, shuningdek, jarohatlanganlarning tezroq sogʻayib ketishini tilaydi” — deyiladi bayonotda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?