Oʻzbekiston Qahramoni Musa Yerniyazov tavalludining 75 yilligi keng nishonlandi

Nukus shahrida taniqli davlat va jamoat arbobi, deyarli yarim asrlik mehnat faoliyati davomida oʻzining yetuk rahbarlik salohiyati, boy bilim va tajribasi, Vatanimizga cheksiz muhabbati va sodiqligi bilan haqli ravishda xalqimiz yuragidan chuqur oʻrin olgan ulugʻ inson Musa Tajetdinovich Yerniyazov tavalludining 75 yillik yubileyi munosabati bilan keng koʻlamli tadbirlar boʻlib oʻtdi.
Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi majlislar zalida oʻtkazilgan xotira kechasida Oʻzbekiston Qahramoni Musa Yerniyazovning oila aʼzolari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar va talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda M. Yerniyazov bilan uzoq yillar birga ishlagan faollar va shogirdlari soʻzga chiqib, uning yuksak insoniy fazilatlarini, ijtimoiy-siyosiy faoliyatini yodga oldi.
Taʼkidlanganidek, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, oʻzbek va qoraqalpoq xalqlarining azaliy doʻstligi va qardoshligini mustahkamlash yoʻlida fidokorona xizmat qilgan Musa Yerniyazovning hayot yoʻli avlodlar uchun chinakam ibrat maktabidir. Vazirlar Mahkamasining shu yil 2-dekabrdagi «Atoqli davlat arbobi, Oʻzbekiston Qahramoni Musa Yerniyazov tavalludining 75 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida»gi qarori doirasida Qoraqalpogʻiston boʻylab oʻtkazilayotgan tadbirlarda bu insonning yorqin xotirasi yoshu keksa qalbida chuqur iz qoldirgani yaqqol zuhur boʻlmoqda.
Xotira kechasida Musa Yerniyazovning hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati haqida yaratilgan hujjatli film namoyish etildi. Sanʼat ustalari tomonidan konsert dasturi havola qilindi.
Xalqimizning fidoyi farzandi Musa Yerniyazov tavalludining 75 yilligiga bagʻishlangan tadbirlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining boshqa tumanlarida ham davom etmoqda.
Gʻ. Otajonov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abror Bakirov vafot etdi
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- Oksana Chusovitina Jahon kubogida kumush medalga sazovor boʻldi
- Toshkentda kriket boʻyicha trenerlar tayyorlashning ikkinchi bosqich oʻquv-seminari oʻtkazilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring