Oʻzbekiston Prezidentining Vengriyaga tashrifi yakunlandi

08:13 05 Oktyabr 2022 Siyosat
506 0

Foto: president.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga ikki kunlik rasmiy tashrifi tadbirlarga boy va sermahsul boʻldi.

Davlatimiz rahbari Vengriya Prezidenti Katalin Novak bilan uchrashuv oʻtkazdi. Ushbu mamlakatning ishbilarmon doiralari vakillari bilan Oʻzbekistonda aniq investitsiya loyihalarini amalga oshirish rejalari koʻrib chiqildi.

Bosh vazir Viktor Orban bilan muzokaralar boʻlib oʻtdi, ularning yakunida salmoqli hujjatlar toʻplami imzolandi.

Tashrif dasturidagi tadbirlar yakunlangach, Ferens List nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nad va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qoʻydi. Birinchi bort Toshkentga uchib ketdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?