Oʻzbekiston Prezidentining Vengriyaga rasmiy tashrifi boshlandi

20:58 03 Oktyabr 2022 Siyosat
1005 0

Foto: president.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga 3-oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Budapeshtga keldi.

Ferens List nomidagi xalqaro aeroportda davlatimiz rahbarining tashrifi munosabati bilan Oʻzbekiston va Vengriya bayroqlari koʻtarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Mamlakatimiz yetakchisini Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nad va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Sammitning asosiy tadbirlari ertaga, 4-oktyabr kuniga moʻljallangan. Vengriya Prezidenti Katalina Novak bilan uchrashuv boʻlib oʻtadi. Soʻng Prezident Shavkat Mirziyoyev va Bosh vazir Viktor Orban tor doirada va kengaytirilgan tarkibda uchrashuv oʻtkazadilar. Yakunda ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli toʻplami imzolanishi kutilmoqda.

Prezidentimizning tashrifi doirasida Vengriyaning yetakchi kompaniyalari va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari bilan ham uchrashish koʻzda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?