Oʻzbekiston Prezidentining Tojikistonga tashrifi ikki birodar xalq oʻrtasidagi yaqin hamkorlikda yangi sahifa ochadi — Jahon banki vakili

09:58 11 Iyun 2021 Siyosat
187 0

Jahon bankining Tojikistondagi vakolatxonasi maslahatchisi Sofi Ibbotson Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega rasmiy tashrifi va uning doirasidagi uchrashuv hamda tadbirlar yuzasidan oʻz munosabatini bildirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

«Oʻzbekiston bilan Tojikiston – ikki qardosh mamlakat, - dedi u. – Har ikki mamlakatning taqdiri va taraqqiyot yoʻli bir-biri bilan chambarchas bogʻliq. Bu esa umumiy hayotiy tajriba, qadriyat va madaniyatlar mushtarakligini anglatadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega tashrifi ikki birodar xalq oʻrtasidagi yaqin hamkorlikning yangi sahifasini ochib beradi. Bu nafaqat ikki davlat fuqarolari, balki butun mintaqa aholisi manfaatlariga birdek xizmat qiladi.

Hamkorlik rivojlanishi, uning miqyosi kengayishi barqarorlik va xavfsizlikni kuchaytirishi barobarida, iqtisodiy taraqqiyot va madaniyatlararo aloqalarning chuqurlashuviga ham olib keladi. Bundan tashqari, ikki mamlakatga oʻzaro munosabatlardagi qator dolzarb masalalarni samarali hal etish, xususan, iqlim oʻzgarishi oqibatlariga qarshi birgalikda kurashish imkonini ham beradi.

Oʻzbekistonning turizm elchisi sifatida men ikki mamlakat oʻrtasidagi sayyohlar oqimining ortishiga alohida umid bilan qaramoqdaman. Pandemiya bilan bogʻliq cheklovlar olib tashlanib, ikki mamlakat oʻrtasidagi chegaralarning ochilishi bilan har ikki davlat hududida qoʻshma sayyohlik dasturlarini amalga oshirish imkoniyati paydo boʻladi. Buning natijasida Tojikiston Oʻzbekistonning aeroportlaridan oʻzining xalqaro aloqalarini rivojlantirish maqsadida foydalanishi ham mumkin boʻladi, deb oʻylayman.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?