Oʻzbekiston Prezidenti Turkmaniston bilan strategik sheriklikni rivojlantirish uchun mavjud keng imkoniyatlarni qayd etdi

17:44 24 Yanvar 2023 Siyosat
388 0

Foto: president.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-yanvar kuni IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi tadbirlari doirasida Toshkent shahrida boʻlib turgan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredovni qabul qildi.

Vazir Rashid Meredov davlatimiz rahbariga Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Xalq Maslahati Raisi, Millat Yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedovning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda 2022-yilning 14-15-iyul kunlaridagi Turkmaniston Prezidentining Oʻzbekistonga davlat tashrifi va 21-22-oktyabr kunlaridagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Turkmanistonga rasmiy tashrifi davomida erishilgan oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish jihatlari muhokama qilindi.

Oʻzbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, iqtisodiyot, savdo, sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport va logistika sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish, hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish masalalari koʻrib chiqildi.

Joriy yilning birinchi choragida qator qoʻshma tadbirlar – Hukumatlararo komissiya, Suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha qoʻshma komissiyaning navbatdagi yigʻilishlari, tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar, madaniy va boshqa tadbirlarning oʻtkazilishi kelishildi.

Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Boʻlajak uchrashuvlar rejasi koʻrib chiqildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер