Oʻzbekiston Prezidenti Turkman xalqining milliy yetakchisi bilan telefon orqali muloqot qildi

14:01 15 Aprel 2023 Siyosat
941 0

15-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.

Dastlab davlatimiz rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovga ogʻir judolik - onasi Ogulabat edje Berdimuhamedova olamdan oʻtgani munosabati bilan chuqur hamdardlik va taskin-tasalli soʻzlarini izhor etdi, unga va barcha yaqinlariga sabr-toqat va bardosh tiladi.

Suhbatda ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Oliy darajadagi kelishuvlar ijrosining borishi muhokama qilindi. Yil boshidan buyon oʻtgan ikki tomonlama muloqotlar – Hukumatlararo komissiya yigʻilishi, siyosiy maslahatlashuvlar, transport va madaniyat vazirlarining uchrashuvlari, diplomatik munosabatlar oʻrnatilgani 30 yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan boshqa tadbirlarning samarali natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi.

Savdo-iqtisodiy, energetika va suv xoʻjaligi sohalaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikning amaliy jihatlari koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash boʻyicha faol almashinuvlarni davom ettirishga kelishib olindi.

Telefon muloqoti yakunida yetakchilar bir-birini va qardosh mamlakatlarimiz xalqlarini yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti bilan dildan qutladilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер