Oʻzbekiston Prezidenti Turkiya Prezidentining inauguratsiyasida ishtirok etdi

Фото: Президент Матбуот хизмати
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Anqaraga tashrif davomida joriy yil 28-maydagi saylovda Turkiya Respublikasi Prezidenti etib qayta saylangan Rejep Tayyip Erdogʻanning inauguratsiya marosimida ishtirok etdi.
Tadbirda dunyoning 80 ga yaqin mamlakatlari vakillari - davlat va hukumat rahbarlari, parlament spikerlari, yuqori darajadagi rasmiy shaxslar hamda Turkiy davlatlar tashkiloti, Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa nufuzli xalqaro tuzilmalar rahbarlari qatnashdi.
Marosim chogʻida Prezidentimiz Turkiya yetakchisini saylovdagi gʻalabasi bilan yana bir bor qutlab, lavozimga kirishgani bilan tabrikladi, Turkiya xalqiga katta muvaffaqiyatlar va farovonlik tiladi.
Tadbir doirasida davlatimiz rahbari marosimga taklif etilgan mamlakatlar yetakchilari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan fikr almashdi.
Shu bilan Anqaraga tashrif dasturi yakuniga yetdi, Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentga joʻnab ketdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Senatning qirq beshinchi yalpi majlisi 29-sentabr kuni chaqiriladi
- Chustda bogʻcha tarbiyalanuvchilari doridan zaharlanganmidi yoki... Vaziyatga aniqlik kiritilmoqda
- Hanjouda Osiyo o‘yinlariga start berildi. Ochilish marosimidan fotoreportaj
- Shavkat Mirziyoyev Italiya sobiq prezidenti vafoti munosabati bilan taʼziya yoʻlladi
- Astraxanda VIII Kaspiy mediaforumi boʻlib oʻtdi
- Samarqand davlat universiteti — Markaziy Osiyodagi noyob oliy taʼlim dargohi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring