Oʻzbekiston Prezidenti Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi tashabbuslarning amalga oshirilishini koʻrib chiqdi

Foto: president.uz
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-yanvar kuni Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yigʻilishi doirasida Toshkent shahrida boʻlib turgan Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyevni qabul qildi.
Uchrashuv chogʻida Oʻzbekistonning Turkiy davlatlar tashkilotiga raisligi doirasidagi ustuvor vazifalar ijrosining borishi koʻrib chiqildi.
Bosh kotib Tashkilot rivojida yangi davrni boshlab bergan tarixiy Samarqand sammiti natijalarini yuksak baholadi.
Savdoni va bojxona tartibotlarini soddalashtirish, Investitsiya fondini tashkil etish boʻyicha bitimlar imzolandi.
Samarqand “Turkiy sivilizatsiya poytaxti”, deb eʼlon qilindi. Ilk bor Alisher Navoiy mukofoti topshirildi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Xalqaro turkiy madaniyat tashkilotining toʻlaqonli aʼzosi boʻldi.
Oʻzbekiston tashabbusi bilan 2023-yil “Turkiy sivilizatsiyaning yuksalish yili”, deb eʼlon qilingani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Raislikning institutsional islohotni amalga oshirish “yangi iqtisodiy imkoniyatlar makoni”ni yaratish, transport jihatidan oʻzaro bogʻliqlikni mustahkamlash va oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish kabi ustuvor yoʻnalishlariga alohida eʼtibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida Bosh kotib Tashkilot doirasidagi sheriklik salohiyatini amalda roʻyobga chiqarish maqsadida yaqindan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring