O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti, Elboshi Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi

18:21 25 Oktyabr 2021 Siyosat
238 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, Elboshi Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Elboshi Oʻzbekiston Prezidenti kuni kecha boʻlib oʻtgan umumxalq saylovida erishgan gʻalabasi bilan chin dildan muborakbod etib, birodar oʻzbek xalqining farovonligi va ravnaqi yoʻlidagi faoliyatiga katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda xalqaro siyosatga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Savdo-iqtisodiy va transport-kommunikatsiya sohalaridagi ulkan hamkorlik salohiyatini ishga solishga xizmat qiladigan yirik qoʻshma loyihalarni jadallashtirishga muhim eʼtibor qaratildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?