Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston Prezidentini umumxalq saylovidagi gʻalabasi bilan tabrikladi

Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
21-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.
Davlatimiz rahbari Qasim-Jomart Toqayevni Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti umumxalq saylovi muvaffaqiyatli oʻtgani va unda ishonchli gʻalaba qozongani bilan samimiy muborakbod etdi.
Oʻzbekiston-Qozogʻiston yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
Boʻlajak oliy darajadagi uchrashuvlarni tayyorlashga alohida eʼtibor qaratildi.
Savdo, sanoat, energetika, transport va logistika, qishloq xoʻjaligi kabi ustuvor yoʻnalishlarda va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligi qayd etildi.
Mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring