Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston Prezidentini tavallud kuni bilan tabrikladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-may kuni Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Qozogʻiston Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sogʻlik, farovonlik va yangi zafarlar, qardosh Qozogʻiston xalqiga esa tinchlik va ravnaq tiladi.
Sardoba suv omboridagi favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish, shuningdek, koronavirus infeksiyasi tarqalishining ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha yoʻlga qoʻyilgan samarali hamkorlik va amalga oshirilayotgan ishlar alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.
Prezidentlar yangi xatalar va umumiy tahdidlarni yengib oʻtish uchun yaqin hamkorlikni davom ettirish muhim ekanini taʼkidladidar.
Oʻzbekiston-Qozogʻiston munosabatlarining dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
Muloqotning institutsional mexanizmlarini hamda oʻzaro savdo va investitsiyalar koʻrsatkichlarini oshirishga qaratilgan birgalikdagi saʼy-harakatlarni faollashtirish, sanoat, qishloq xoʻjaligi, transport va logistika sohalari, boshqa ustuvor tarmoqlarda istiqbol yoʻnalish va loyihalarni ilgari surish zarurligi alohida taʼkidlandi.
Xalqaro siyosatga oid qator masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Muloqot yakunida Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi Prezidentlari qardosh mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlashda qatʼiy ekanliklarini tasdiqladilar.
Suhbat har doimgidek samimiy va doʻstona ruhda oʻtdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
- Oʻzbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish jarayoni 2021-yil 1-martdan boshlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring