Oʻzbekiston Prezidenti Qirgʻiziston bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi

16:39 02 May 2024 Siyosat
270 0

2-may kuni Toshkent investitsiya forumi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarovni qabul qildi.

Suhbat avvalida Aqilbek Japarov Oʻzbekiston yetakchisiga Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarovning samimiy salomini yetkazdi.

Oʻzbekiston bilan Qirgʻiziston oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, savdo, sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport va logistika sohalarida hamkorlikni kengaytirish, hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish masalalari koʻrib chiqildi.

Qambarota GES-1 va “Xitoy – Qirgʻiziston — Oʻzbekiston” temir yoʻlini qurish loyihalarining amaliy jihatlariga alohida eʼtibor qaratildi.Boʻlajak oliy darajadagi uchrashuvlarga tayyorgarlik doirasida koʻp qirrali sheriklikning yangi kun tartibini shakllantirish masalalari ham muhokama qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер