Oʻzbekiston Prezidenti Pokiston Bosh vaziri bilan onlayn-uchrashuv oʻtkazadi

17:55 12 Aprel 2021 Siyosat
689 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon 14-aprel kuni videoanjuman shaklida uchrashuv oʻtkazadilar.

Tadbir kun tartibidan ikki tomonlama amaliy sheriklik va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari oʻrin olgan.

Asosiy eʼtibor Transafgʻon temir yoʻlini qurish loyihasini birgalikda ilgari surish, oʻzaro savdo hajmini oshirish, ikki mamlakatning yetakchi korxona va kompaniyalari oʻrtasidagi kooperatsiyani kengaytirish, aviaqatnovlarni tiklash, hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvlarni rivojlantirishga qaratiladi.

Oʻzbekiston va Pokiston yetakchilari xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashib, boʻlajak tadbirlar rejasini koʻrib chiqadilar.

Sammit yakunida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va taʼlim sohalariga oid qator qoʻshma hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?