Oʻzbekiston Prezidenti Parlamentlararo ittifoqning bosh kotibini qabul qildi

22-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda global parlamentlararo hamkorlik xalqaro forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizda boʻlib turgan Parlamentlararo ittifoq bosh kotibi Martin Chungongni qabul qildi.
Mamlakatimizning ushbu nufuzli xalqaro tashkilot bilan sherikligini yana-da kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.
Davlatimiz rahbari ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni ilgari surish va demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, inson huquqlarini himoya qilish va gender tenglikni taʼminlash, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash kabi ustuvor yoʻnalishlarda konstruktiv muloqotni davom ettirish va yaqin hamkorlikni rivojlantirish muhimligini taʼkidladi.
Oʻzbekiston ittifoq ishidagi ishtirokini 2017-yilda qayta tiklagani va bugungi kunda uning ijroiya tuzilmalarida toʻlaqonli qatnashayotganini taʼkidlash joiz. Bu yil Oliy Majlis tomonidan Parlamentlararo ittifoq bilan koʻp qirrali munosabatlarni mustahkamlash toʻgʻrisida alohida hujjat qabul qilindi.
Oʻz navbatida, bosh kotib Martin Chungong mamlakatimizda parlamentarizmni rivojlantirishdagi sezilarli yutuqlarni qayd etdi hamda
Oʻzbekistonning bu boradagi global tashabbuslarini yuqori baholadi va qoʻllab-quvvatladi.
Ilgʻor xorijiy tajribani keng almashish va koʻp tomonlama hamkorlikning katta salohiyatini roʻyobga chiqarish maqsadida qator xalqaro tadbirlarni birgalikda tayyorlash va oʻtkazish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring