Oʻzbekiston Prezidenti Ozarbayjon bilan amaliy hamkorlik koʻlamini yanada kengaytirish muhimligini taʼkidladi

Foto: president.uz
23-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qoʻshma Hududlar forumining birinchi yigʻilishi va Ishbilarmonlar kengashining uchrashuvida ishtirok etish uchun Ozarbayjon delegatsiyasi boshchiligida mamlakatimizga kelgan iqtisodiyot vaziri, ikki tomonlama Hukumatlararo komissiya hamraisi Mikoyil Jabborovni qabul qildi.
Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.
Uchrashuv avvalida iqtisodiyot vaziri Mikoyil Jabborov davlatimiz rahbariga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Suhbatda avtomobilsozlik, toʻqimachilik va ipakchilik tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari jadal amalga oshirilayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Qoʻshma investitsiya jamgʻarmasini tuzish toʻgʻrisida bitim imzolanmoqda. Neft-gaz tarmogʻida, transport va logistika sohalarida istiqbolli loyihalar tayyorlanmoqda.
Ikki mamlakat oʻrtasidagi amaliy hamkorlik koʻlamini, jumladan, amalga oshirilayotgan mahalliylashtirish dasturi doirasida yanada kengaytirish muhim ekani qayd eildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Namanganda gullar festivali (fotoreportaj)
- JSST yangi halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Taraqqiyotning yangi bosqichida
- Siandagi musulmonlar mahallasi (Fotoreportaj)
- Gender tenglikni taʼminlash va munosib mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring