Oʻzbekiston Prezidenti orden bilan taqdirlandi

21:51 15 Sentyabr 2022 Siyosat
608 0

Foto: president.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlikni mustahkamlashdagi katta xizmatlari uchun Rossiyaning Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taqdirlash marosimi boʻldi.

Davlatimiz rahbarini ushbu orden bilan mukofotlash toʻgʻrisidagi farmon joriy yilning iyul oyida qabul qilingan edi.

Prezidentimiz mukofotni qabul qilar ekan, uni, birinchi navbatda, butun Oʻzbekiston xalqining oʻzaro doʻstlik va hamkorlikni mustahkamlashga qoʻshgan hissasining eʼtirofi deb bilishini taʼkidladi.

Qayd etish joizki, Aleksandr Nevskiy ordeni bilan Rossiya Federatsiyasi bilan koʻp tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va uning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga koʻmaklashishda xizmat koʻrsatgan atoqli xorijiy siyosat va jamoat arboblari mukofotlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?