Oʻzbekiston Prezidenti MDH kuzatuvchilar missiyasi rahbarini qabul qildi

20:26 25 Oktyabr 2021 Siyosat
972 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-oktyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi kuzatuvchilarining mamlakatimizdagi missiyasiga boshchilik qilayotgan MDH Ijroiya qoʻmitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedevni qabul qildi.

Uchrashuv avvalida MDH Ijroqoʻmi raisi davlatimiz rahbarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishonchli gʻalabaga erishgani bilan samimiy qutlab, mamlakatimiz farovonligi va ravnaqini taʼminlash yoʻlidagi faoliyatiga katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Oʻzbekistonda saylov qonunchiligi va saylov tartibotlarini rivojlantirishda sezilarli yutuqlarga erishilgani alohida taʼkidlandi.

MDH doirasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari ham koʻrib chiqildi.

Davlatimiz rahbari Oʻzbekiston Hamdoʻstlik makonida, eng avvalo iqtisodiy yoʻnalishda amaliy hamkorlikni mustahkamlashning qatʼiy tarafdori ekanini taʼkidladi.

Xususan, tashkilotning shu oyda videoanjuman shaklida oʻtkazilgan yubiley sammiti yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?