Oʻzbekiston Prezidenti Xitoy tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-iyul kuni mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan boʻlib turgan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi aʼzosi, tashqi ishlar vaziri Van Ini qabul qildi.
Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi doʻstlik va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
Vazir Van I davlatimiz rahbariga XXR Raisi Si Szinpinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. Oʻzbekistonning Markaziy va Janubiy Osiyo bogʻliqligini rivojlantirish borasidagi tashabbusi yuksak baholandi va qoʻllab-quvvatlandi, Toshkent shahrida oʻtkaziladigan konferensiya muvaffaqiyatli boʻlishiga ishonch bildirildi.
Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, jumladan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik, madaniy-gumanitar sohalar va koʻp qirrali hamkorlikning boshqa yoʻnalishlarida qoʻshma dastur va loyihalarni ilgari surish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Pandemiyaga qarshi kurashda yaqindan hamkorlikni davom ettirish muhim ekani taʼkidlandi.
Xalqaro kun tartibi, shu jumladan Afgʻonistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring