Oʻzbekiston Prezidenti Global ekologik fond bilan hamkorlikni mustahkamlash muhimligini taʼkidladi
Boku shahrida oʻtkazilayotgan COP29 tadbirlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Global ekologik fond (GEF) bosh direktori va raisi Karlos Rodriges bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda jamgʻarma bilan Oʻzbekistonda iqlim barqarorligi va ekotizimlarni muhofaza qilish borasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
GEFning mamlakatimizda bioxilma-xillikni asrash, tabiiy resurslarni boshqarish, iqlim oʻzgarishiga moslashish loyihalarini amalga oshirishdagi muhim hissasi mamnuniyat bilan qayd etildi. Qoʻshma loyihalar portfeli 100 million dollardan oshgan.
Havo sifatini monitoring qilish boʻyicha mintaqaviy tarmoq yaratish, koʻkalamzorlashtirish va ekoturizmni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, yoʻqolib borayotgan hayvon turlarini asrash, shuningdek, Orolboʻyi hududini qayta tiklash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Kelgusi yilda Oʻzbekistonda yirik xalqaro tadbirlar, jumladan, Global ekologik fond donorlari yigʻilishini oʻtkazish yuzasidan ham fikr almashildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring