Oʻzbekiston Prezidenti Eron bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish muhimligini taʼkidladi

Foto: president.uz
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-yanvar kuni IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining yigʻilishi doirasida mamlakatimizda boʻlib turgan Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuv avvalida tashqi ishlar vaziri davlatimiz rahbariga Eron Prezidenti Ibrohim Raisiyning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Eron Prezidentining oʻtgan yil sentyabr oyida Oʻzbekistonga amalga oshirilgan rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar ikki davlat oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun mustahkam asos yaratgani taʼkidlandi.
Oʻzbekiston yetakchisi oʻzaro muloqotlar faollashgani, savdo izchil oshib borayotgani va yetakchi korxonalarning kooperatsiyasi kuchayganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Transport va logistika sohalaridagi hamkorlikni ilgari surish, jumladan, Chobahor va Bandar-Abbos portlaridan samarali foydalanish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Boʻlajak tadbirlar rejasi koʻrib chiqildi, xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring