Oʻzbekiston Prezidenti YEXHT Oliy komissari bilan hamkorlikning asosiy yoʻnalishlarini muhokama qildi

Foto: president.uz
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-avgust kuni mamlakatimizda tashrif bilan boʻlib turgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YEXHT) Milliy ozchiliklar masalalari boʻyicha Oliy komissari Qayrat Abdurahmonovni qabul qildi.
Amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari hamda millatlararo totuvlik va barqaror taraqqiyotni taʼminlash sohasida qoʻshma loyiha va dasturlarni amalga oshirish istiqbollari koʻrib chiqildi.
YEXHT institutlari bilan ustuvor yoʻnalishlarda – xavfsizlik, iqtisodiyot va ekologiya sohalarida, gumanitar yoʻnalishdagi konstruktiv muloqot va sermahsul hamkorlikning bugungi darajasi mamnuniyat bilan qayd etildi. Oʻrta muddatli istiqbolda qariyb 50 ta tadbirni oʻtkazish nazarda tutilgan “yoʻl xaritasi” birgalikda amalga oshirilmoqda.
Uchrashuvda Oliy komissar mamlakatimizda bagʻrikenglik va gumanizm madaniyatini rivojlantirish, millatlararo va fuqarolararo anglashuv va totuvlikni taʼminlash, shu asosda yosh avlodni tarbiyalash boʻyicha olib borilayotgan siyosatga yuksak baho berdi.
Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasida doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va koʻp qirrali sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, Afgʻonistonning tinch rivojlanishi va iqtisodiy tiklanishiga koʻmaklashish borasidagi tashabbuslari qoʻllab-quvvatlandi.
Qator qoʻshma tadbirlar – millatlararo totuvlik masalalari boʻyicha mintaqaviy seminar, xalqaro tajriba va YEXHT tavsiyalarining taqdimotini oʻtkazish, shuningdek, Oʻzbekiston delegatsiyasining millatlararo munosabatlar muammosiga bagʻishlangan davra suhbatida ishtirok etishi yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Koʻp tilli taʼlim sohasida, shu jumladan Markaziy Osiyo taʼlim dasturi doirasida loyihalarni amalga oshirish ham koʻzda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Uzbekistan Airways va Lufthansa Technik AG o‘rtasidagi hamkorlikning 30 yilligi
- Milliy raqs sanʼatining yuksak namunasi boʻlmish “Lazgi — Muhabbat va Qalb raqsi” balet spektakli dunyo sahnalarini zabt etishda davom etmoqda
- Chang ostida qolgan Toshkent
- Senat Raisi Dushanbe shahrida Tojikiston Respublikasi Majlisi Oli Majlisi milli Raisi Rustam Emomali bilan uchrashdi
- Gazning “oltin davri” tugamoqda — Xalqaro energetika agentligi
- Oʻtgan yetti oyda 18,5 ming tonna sovun ishlab chiqarilgan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring