Oʻzbekiston Prezidenti Armaniston Bosh vaziri bilan ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlarini muhokama qildi

19:25 30 Avgust 2022 Siyosat
1101 0

Foto: president.uz

30-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.

Armaniston Hukumati rahbari Oʻzbekiston yetakchisini yaqinlashib kelayotgan milliy bayram – Mustaqillik kuni bilan samimiy tabriklab, xalqimizga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.

Ikki tomonlama munosabatlarni va xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Amaliy hamkorlikni ilgari surishning muhim jihatlariga alohida eʼtibor qaratildi.

Oʻzaro savdo hajmini oshirish, ishbilarmon doiralar va yetakchi korxonalarni faol jalb qilgan holda kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish uchun samarali mexanizmlarni shakllantirishdagi mavjud imkoniyatlar qayd etildi.

Mintaqaviy kun tartibi va koʻp tomonlama tuzilmalar doirasidagi muloqotni kengaytirish yuzasidan ham fikr almashildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер