Oʻzbekiston Prezidenti AQSH parlamenti delegatsiyalarini qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-mart kuni AQSHning senator Stiven Deyns hamda Vakillar palatasi qoʻmitasi raisi, kongressmen Mayk Rojers boshchiligidagi delegatsiyalarini qabul qildi.
Oʻzbekiston-AQSH strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.
Keyingi yillarda ikki tomonlama hamkorlikda yuqori darajaga erishilgani, faol muloqotlar va oʻzaro tashriflar davom etayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Oʻtgan yilning sentyabr oyida Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSH yetakchilarining “S5+1” formatidagi birinchi sammiti hamda samarali ishbilarmonlik uchrashuvlari muvaffaqiyatli oʻtkazildi.
Davlatimiz rahbari parlamentlararo aloqalarni, shu jumladan AQSH Kongressida faoliyat yuritayotgan Oʻzbekiston bilan hamkorlik boʻyicha kokus ishini yuqori baholadi.
Oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi oshib bormoqda, 2023-yil yakunida u 30 foizga oshdi. Oʻzbekiston bozorida muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan AQSH kompaniyalari soni ortmoqda. Misol tariqasida mamlakatimizda qiymati 10 milliard dollardan ziyod boʻlgan investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan “Air Products” kompaniyasining faoliyati qayd etildi.
Amerikalik qonun chiqaruvchilar vakillik qilayotgan Montana, Alabama, Vashington, Kaliforniya va Texas shtatlari bilan faol amaliy hamkorlikni davom ettirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Taʼlim, qishloq xoʻjaligi, raqamli texnologiyalar, togʻ-kon sanoati, “yashil” energetika, farmatsevtika, oziq-ovqat tarmogʻi va boshqa sohalar kooperatsiya uchun istiqbolli yoʻnalishlar sifatida qayd etildi.
AQSH hududlari biznesining Oʻzbekistonga safarlarini tashkil etishga kelishib olindi.
Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, shu jumladan Afgʻonistondagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Maktablarda yangi o’quv yili boshlandi — Fotoreportaj
- Soliq inspeksiyasi xodimi 2 sinf oʻquvchilaridan nimani xohlaydi (video)?
- Hotdogdan choʻchqa yogʻigacha: maktab oshxonasida qanday oziq-ovqatlarni sotish taqiqlangan?
- Talabalar diqqatiga: ijara pulining bir qismini qoplab berish boʻyicha onlayn ariza berish boshlandi
- Asila Mirzayorova Paralimpiya oʻyinlari rekordini oʻrnatdi (+video)
- “Mutlaqo yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan holat!”: Davlat soliq xizmati va Bolalar ombudsmani Qashqadaryodagi holatga munosabat bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring