Oʻzbekiston Prezidenti Afgʻoniston Milliy yarashuv oliy kengashi Raisini qabul qildi

11-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda amaliy tashrif bilan boʻlib turgan Afgʻoniston Islom Respublikasi Milliy yarashuv oliy kengashi Raisi Abdulla Abdullani qabul qildi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik hamda Afgʻonistondagi mojaroni tinch yoʻl bilan hal etishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
Davlatimiz rahbari keyingi yillarda Oʻzbekiston-Afgʻoniston munosabatlarini rivojlantirishda erishilgan surʼatni katta mamnuniyat bilan taʼkidladi. Amaliy hamkorlikni kengaytirish, savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar, transport va logistika, energetika, taʼlim va boshqa muhim yoʻnalishlarda ustuvor loyihalarni ilgari surish borasidagi saʼy-harakatlar alohida qayd etildi.
Oʻzbekiston Afgʻonistonda mintaqaviy ahamiyatdagi infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etishga tayyor ekani taʼkidlandi.
Abdulla Abdulla samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Oʻzbekistonning afgʻonlararo tinchlik muzokaralarini boshlashga hamda xalqaro hamjamiyatning Afgʻonistondagi vaziyatni barqarorlashtirish boʻyicha faoliyatini birlashtirishga xizmat qilgan saʼy-harakatlarini yuksak baholadi.

Mehmon Oʻzbekiston tomonidan koʻrsatilayotgan doimiy koʻmak uchun minnatdorlik bildirdi hamda mamlakatimizning Afgʻonistonni mintaqaviy savdo-iqtisodiy jarayonlarga jalb etishga qoʻshayotgan hissasini alohida qayd etdi.
Muzokaralar chogʻida mintaqaviy va xalqaro siyosatning tomonlarni qiziqtirgan masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
- Oʻzbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish jarayoni 2021-yil 1-martdan boshlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring