Oʻzbekiston-Polsha parlamentlararo aloqalari mustahkamlanmoqda

2022-yil 24-oktyabr kuni Oʻzbekiston delegatsiyasining YEXHT PA kuzgi sessiyasidagi ishtiroki doirasida Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi R. Alimovning Polsha Senati vitse-marshali (vitse-spikeri) M. Kaminskiy bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni, shu jumladan, parlamentlararo hamkorlikni va xalqaro parlamentlararo tashkilotlar doirasidagi oʻzaro aloqalarni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.
Oʻzbekiston tomoni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida maʼlumot berdi, savdo-iqtisodiy va mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish sohasida hali foydalanilmagan katta salohiyat mavjudligini taʼkidladi.
Oʻz navbatida, M.Kaminskiy Oʻzbekistonga Polsha investitsiyalarini jalb qilishda har tomonlama koʻmaklashishga tayyorligini bildirdi, Polsha mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdan manfaatdor ekanini taʼkidladi. U Polsha parlamenti aʼzolari Polsha-Oʻzbekiston koʻp qirrali hamkorlikni jadal rivojlantirish va mustahkamlashni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashiga hamda Oʻzbekiston delegatsiyasining YEXHT PA tadbirlarida faol ishtirok etishiga ishontirdi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha yaqin vaqt ichida “Oʻzbekiston – Polsha” parlamentlararo doʻstlik guruhining navbatdagi majlisini tashkil etishga kelishib olindi.
Uchrashuvda, shuningdek, Seym deputati, “Polsha – Oʻzbekiston” parlamentlararo doʻstlik guruhi rahbari P.Beyda, Oʻzbekistonning Polshadagi Elchisi B.Babayev ham ishtirok etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
- Saudiya Arabistonida birinchi Islom sanʼati biyennalesining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring