O‘zbekiston Osiyo o‘yinlaridagi raqiblarini bilib oldi

15:23 05 Iyul 2018 Sport
1683 0

Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlarining futbol musobaqasiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi musobaqaning B guruhidan joy oldi. Ravshan Haydarov shogirdlariga guruh bosqichida Tailand Bangladesh va Qatar terma jamoalari raqiblik qiladigan bo‘ldi.

Jami bo‘lib, Osiyo o‘yinlarida 24ta terma jamoa ishtirok etadi. Terma jamoalar oltita guruhga bo‘linishgan. Jamoalar tarkibi 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar va yana qo‘shimcha, uch nafar 23 yoshdan katta bo‘lgan futbolchilardan iborat bo‘lishi mumkin. Quyida qur’a natijalari bilan to‘liq tanishib olishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun, Osiyo o‘yinlari O‘zbekiston terma jamoasi shu kunga qadar bosh sovrinini qo‘lga kiritgan yagona rasmiy turnir sanaladi. 1994 yilda Xirosimada o‘tgan musobaqada Rustam Akramov boshchiligidagi jamoa Xitoyni finalda 4:2 hisobida yengib chempion bo‘lgan. O‘sha vaqtlarda musobaqada 23 yoshgacha chegarasi mavjud emasdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?