Oʻzbekiston Oshpazlar uyushmasi «Gastro Antaliya 2022» xalqaro pazandalik chempionatida sovrindor boʻldi

Oʻzbekiston Oshpazlar uyushmasi jamoasi joriy yilning 17–20-noyabr kunlari Turkiyada (Antaliya) oʻtkazilgan «Gastro Antaliya 2022» xalqaro pazandalik chempionatida ishtirok etdi.
«Gastro Antaliya 2022» oshpazlik chempionatida dunyoning turli burchaklaridan, xususan, Isroil, Italiya, Serbiya, Germaniya, Rossiya, Dogʻiston, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Ispaniya, Turkiya va boshqa koʻplab davlatlardan tashrif buyurgan oshpazlar, shuningdek, oliy toifadagi hakamlar ham ishtirok etishdi.
Maʼlumot oʻrnida qayd etish joizki, ushbu chempionat 2021-yilda pandemiya sababli cheklangan ishtirokchilar bilan oʻtkazilgan. «Gastro Antaliya 2022» chempionati 32 davlatdan 600 dan ortiq ishtirokchilarni qamrab olgan Turkiyadagi eng yirik va eng nufuzli musobaqaga aylandi.
Oʻzbekiston Oshpazlar uyushmasi jamoasi chempionat yakuniga koʻra 4 ta medalni qoʻlga kiritdi. Jumladan, Shoxruzxon Ibragimov “Baliqli taom” nominatsiyasi boʻyicha 1-oʻrin (oltin medal) va “Zamonaviy oshxona – goʻshtli taom” nominatsiyasi boʻyicha 2-oʻrin (kumush medal), Elerbek Mirboboyev esa “Yilning oltin oshpazi” nominatsiyasi boʻyicha 1-oʻrin (oltin medal) va “Pasta” nominatsiyasida 2-oʻrin (kumush medal) sohibi boʻlishdi.
Maʼlumot uchun, yurtimizda gastroturizmni rivojlantirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, yaqinda Moʻynoq va Samarqand shaharlarida Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan gastrofestivallar oʻtkazildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring