“O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2023” xalqaro ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi

Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
Avval xabar qilganimizdek, shu kunlarda poytaxtimiz Toshkentda “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2023” 25-yubiley Xalqaro ko‘rgazmasi va anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
Bugungi tadbirlar doirasida 16-Xalqaro “Energetika, energiya tejash, muqobil energiya manbaalari – Power Uzbekistan 2023” ko‘rgazmasi, “Yashil energiya tejovchi texnologiyalar – GETCA 2023” ixtisoslashtirilgan bo‘limi va 3-Xalqaro energetika anjumanining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, “O‘zbekneftgaz” AJ mutasaddilari hamda mamlakatimizning neft va gaz sohasi vakillari ishtirok etgan tadbirda bu borada keyingi yillarda erishilayotgan yutuqlar, xususan, xorijiy hamkorlik ko‘lami tobora yuksalib borayotgani alohida mamnuniyat bilan e’tirof etildi.
Ta’kidlash o‘rinliki, mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda strategik ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu nufuzli tadbirda AQSH, Kanada, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Niderlandiya, Vengriya, Shveysariya, Avstriya, Xitoy, Koreya Respublikasi, BAA, Saudiya Arabistoni, Yaponiya, Hindiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston kabi 29 ta davlatdan 400 dan ortiq kompaniyalar hamda 50 nafardan ziyod ma’ruzachilar va 500 dan ko‘proq delegatlar ishtirok etmoqdalar.
Botir MADIYOROV “Xalq so‘zi”
Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- JSST yangi halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
- O‘zbekiston Prezidenti va Singapur Prezidenti muzokara o‘tkazdilar
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Gender tenglikni taʼminlash va munosib mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi
- O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring