Oʻzbekiston neft-gaz-kimyo sohasida ilk sintetik yoqilgʻi mahsulotlari ishlab chiqarilishi boshlandi

07:40 30 Iyun 2022 Iqtisodiyot
905 0

Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi

Joriy yilning 15-iyun kuni Uzbekistan GTL zavodida Oʻzbekiston tarixida birinchi sintetik nefti ishlab chiqarilishi boshlangan edi.

Mazkur voqea respublikaning zamonaviy neft-kimyo va neft-gazni qayta ishlash sanoatini rivojida yangi texnologik bosqichi hisoblanadi hamda ushbu kun Oʻzbekistonda ilk bor sintetik suyuq yoqilgʻi ishlab chiqarishi yoʻlga qoʻyilganligiga ramziy maʼnoda tarixiy kuni hisoblanadi. Hosil boʻlgan sintetik neft GTL zavodida sintetik dizel, aviakerosin, nafta va suyultirilgan gazni ishlab chiqarish uchun asosiy xom ashyo hisoblanadi.

Joriy yilning 29-iyun kuni soat 7.30 da Uzbekistan GTL zavodida Oʻzbekiston neft va gaz-kimyosi sanoatining tarixida birinchi sintetik GTL dizel mahsuloti ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning gʻoyasi va tashabbusi bilan bunyod etilgan Uzbekistan GTL zavodida yurtimizda va umuman mintaqamizda neft-gaz-kimyo sanoati sohasidagi eng yirik korxonasi, Yangi Oʻzbekistonning uchinchi renessansi poydevori va Oʻzbekiston neft va gaz-kimyosi sanoatining tarixida ilk bor sintetik yoqilgʻi mahsulotlari ishlab chiqarishi boshlanganligi va birinchi mahsulot olinganligini rasman eʼlon qilinadi.

Zavodning asosiy ishga tushirish ishlari, shu jumladan 11 mingga yaqin uskuna va asosiy ishlab chiqarish qurilmalarini sinxron ishlashini taʼminlash, shuningdek, ularni toʻliq nazorat qilish va boshqarish Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari - “Uzbekistan GTL” zavodining mahalliy muhandislari va yosh mutaxassislari tomonidan mustaqil ravishda amalga oshirilmoqda.

Erishilgan kelishuvlarga koʻra 5 ming tonna miqdorida ishlab chiqarilgan sintetik dizelning birinchi partiyasini Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga yuborish rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?