Oʻzbekiston musulmonlari idorasi delegatsiyasi Misrda xalqaro anjumanda ishtirok etmoqda

22:24 07 Iyun 2022 Dunyo
383 0

Foto: “Dunyo” axborot agentligi

Joriy yilning 6-iyun kuni Misr poytaxti Qohira shahrida “Diniy ekstremizm: Intellektual asos va uni yengish strategiyasi” mavzusidagi xalqaro konferensiya oʻz ishini boshladi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Tadbir Misr Vaqf ishlari vazirligi va Butunjahon Fatvo qoʻmitasi huzuridagi Ekstremizm tadqiqotlari “Salom” markazi tomonidan tashkil etilgan.

Anjumanda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etmoqda.

Shuningdek, ushbu nufuzli xalqaro tadbirda Misr muftiysi, professor Shavqiy Allom, «al-Azhar» ulamolari kengashi aʼzosi, doktor Shayx Ali Juma kabi taniqli ulamolar, Bolgariya, Nigeriya, Indoneziya, Belgiya, Bahrayn, Iroq, Iordaniya, Livan, Singapur, Chad, Tanzaniya, Qamar orollari, Qozogʻistondan muftiylar, islomshunos olimlar, ekspertlar va soha xodimlari ham qatnashmoqda.

9-iyungacha boʻlib oʻtadigan konferensiyada musulmon mamlakatlarining 100 dan ziyod taniqli ulamolari islom olamidagi dolzarb masalalarni muhokama qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?