Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi harbiylari “Xalqaro armiya oʻyinlari — 2020”ga yetib bordi

11:23 10 Avgust 2020 Jamiyat
465 0

Toshkent xalqaro aeroportidan samolyot Moskva shahriga uchishni boshladi. Harbiy xizmatchilarda safar tadorigi bilan uyqu kam boʻlganiga qaramay pinakka ketgisi kelmaydi. Ularga musobaqalar oldi bildirilgan yuksak ishonchga munosib javob qaytarish hissi uyqu bermaydi. Chirchiq poligonidagi xalqaro armiya oʻyinlariga ketish tayyorgarligi jarayonining oʻzida qanchalar katta umid bildirildi. Qolgan yurtdoshlarimizning aytilmagan izhorlari qancha!? Toʻgʻri ularning orasida afsonaviy desak mubolagʻa boʻlmaydigan qahramonlar bor. Lekin raqibni zaif bilish magʻlubiyatga sabab boʻlishi isbot talab qilmaydigan haqiqat.

Mudofaa vaziri general-mayor Baxodir Kurbonovning har bir jamoa bilan alohida suhbatlashib, ularga yoʻl-yoʻriqlar koʻrsatdi, omad tiladi.

Samolyot ham yigitlarning shijoatiga hamohang manzil sari jadallaydi. Hash-pash deguncha bulutlarga yetib oldi, keyin ulardan-da yuksakladi. Bulutlar ortidan kurrai zamin koʻz ilgʻamas koʻzga tashlanadi. Lekin ona Vatan berayotgan taft musobaqa ishtirokchilariga beqiyos kuch-quvvat bagʻishlaydi. Tong yorishib koʻk toqida yolgʻiz qolgan oy Vatanning sara oʻgʻlonlari jamlangan uchoqni havas-la kuzatadi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentining maʼlum qilishicha, vakillarimiz Moskva shahriga yetib borgan. Xalqaro armiya oʻyinlarida faqat faxrli oʻrinlarni egallashni maqsad qilgan harbiy xizmatchilar belgilangan hududlarga taqsimlandi.

Kelgusi jarayonlar haqida sizlarni tanishitirb boramiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?