O‘zbekiston mudofaa vaziri Qatar harbiy delegatsiyasini qabul qildi

14:14 09 Iyun 2023 Dunyo
859 0

Bugun, 9-iyun kuni O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov yurtimizga tashrif buyurgan Qatar bosh vaziri o‘rinbosari — mudofaa ishlari bo‘yicha davlat vaziri Xolid bin Muhammad al-Atiya rahbarligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Dastlab mehmonlarni faxriy qorovul ishtirokida rasmiy kutib olish tadbiri boʻlib oʻtdi. Harbiy orkestr tomonidan ikki davlat madhiyasi ijro etildi.

Mudofaa vazirligi markaziy apparatida o‘tkazilgan ikki tomonlama hamkorlik uchrashuvida general-leytenant Bahodir Qurbonov qatarlik hamkasbini O‘zbekistonga uyushtirgan tashrifi bilan qutlab, so‘nggi yillarda ikki davlat o‘rtasida o‘rnatilgan do‘stona munosabatlar jadal suratlar bilan rivojlanib, yangi tarixiy bosqichga koʻtarilganini ta’kidlab o‘tdi.

Uchrashuv davomida vazirlar xalqaro siyosat va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari, xavfsizlik va mudofaa sohasidagi hamkorlikning bugungi holati, uning rivojlanish istiqbollarini muhokama qilishdi. Shuningdek, ikki davlat mudofaa vazirlari harbiy sohada kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan masalalar borasida ham hamkorlikni davom ettirishning istiqbolli yoʻnalishlari haqida fikr almashishdi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер