Oʻzbekiston-Moʻgʻuliston koʻp qirrali hamkorligini kengaytirishga qaratilgan kelishuvlarning salmoqli toʻplami imzolandi

14:01 24 Iyun 2024 Siyosat
216 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Moʻgʻuliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning samarali muzokaralari yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.

Yetakchilar Davlatlararo munosabatlar va hamkorlik toʻgʻrisidagi qoʻshma bayonotni imzoladilar.

Davlat tashrifi davomida jami 14 ta hujjat imzolandi, jumladan:

– Savdo, iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik toʻgʻrisidagi 2024-2026-yillarga moʻljallangan hukumatlararo dastur;

– Turizm sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida hukumatlararo bitim;

– Havo aloqasi toʻgʻrisida hukumatlararo bitim;

– Xalqaro avtomobil aloqasi toʻgʻrisida hukumatlararo bitim;

– Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida 2024-2025-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi;

– Xavfsizlik kengashlari kotibiyatlari oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;

– Qishloq xoʻjaligi vazirliklari oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

– Veterinariya va chorvachilik sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

– Fanlar akademiyalari oʻrtasidagi ilmiy hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

– Milliy axborot agentliklari oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;

– Savdo-sanoat palatalari oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;

– Qoʻshma Ishbilarmonlar kengashini tashkil etish toʻgʻrisida bayonnoma;

– Toshkent va Ulan-Bator shaharlari maʼmuriyatlari oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?