Oʻzbekiston mobil internet tezligi boʻyicha oxirgi 4-yilda 65 pogʻonaga yuqoriladi
Global internet tezligini oʻlchash va tahlil qilish bilan shugʻullanadigan “Ookla” tashkiloti Oʻzbekistonning soʻnggi yillarda mobil internet tezligi boʻyicha katta koʻrsatkichlarga erishganini qayd etdi. Bu haqida “OʻzA” maʼlum qildi.
Unga koʻra, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov “MWC Barcelona – 2025” Jahon mobil kongressi doirasida “Ookla” tashkiloti prezidenti va bosh direktori Stiven Be, Strategiya boʻyicha bosh direktor Chip Strenj hamda tashkilotning Shimoliy Osiyo va Markaziy Osiyo mintaqalari boʻyicha savdo direktori Viktor Zeng bilan uchrashdi.
Ushbu muloqot jarayonida internet infratuzilmasini yanada rivojlantirish hamda sifat monitoringini kuchaytirish boʻyicha fikr va takliflar almashilgan.
Uchrashuv davomida “Ookla” tashkiloti vakillari Speedtest Global Index natijalariga koʻra, 2020-yilda Oʻzbekiston 133 oʻrinni egallagani, 2025-yil yanvar holatiga koʻra mamlakat ushbu reytingda 68 oʻringa koʻtarilgani, shu tariqa Oʻzbekiston 2020-yildan beri 65 pogʻonaga yuqorilaganini taʼkidlagan.
“Muloqot davomida hududlarda 5G texnologiyalari jarayonlarini jadallashtirish, mobil aloqa operatorlari uchun innovatsion texnologik yechimlarni sinovdan oʻtkazish va ularning xalqaro tajribaga asoslangan holda rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash masalalari ham koʻrib chiqilgan”, — deyiladi “OʻzA” xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring