Oʻzbekiston mebel mahsulotlarini AQSH, Germaniya va Fransiyaga ham eksport qilmoqda

11:50 02 Dekabr 2021 Iqtisodiyot
384 0

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 10 oyida Oʻzbekiston 18 ta xorijiy davlatlarga qiymati 3,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan mebel mahsulotlarini eksport qilgan.

Bu koʻrsatkich 2020-yilning mos davriga nisbatan 837 ming AQSH dollariga koʻp.

Oʻzbekiston 2021-yilning 10 oyida eng koʻp mebel mahsulotlarini eksport qilgan davlatlar:

— Qozogʻiston – 1,7 mln.;

— Qirgʻiz R. – 784 ming;

— Tojikiston – 443 ming;

— Rossiya – 347 ming;

— Hindiston – 55 ming;

— Turkiya – 14 ming;

— Xitoy – 13 ming;

— Ukraina – 11 ming;

— Fransiya – 2,5 ming;

— Afgʻoniston – 1,6 ming;

— Moldova – 1,5 ming;

— AQSH – 0,4 ming;

— Germaniya – 0,3 ming AQSH dollari.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?