Oʻzbekiston Malayziyaga yana 3 tonna gilos yetkazib berdi

20:16 07 Iyun 2021 Iqtisodiyot
991 0

Mamlakatimizning Kuala-Lumpurdagi elchixonasi koʻmagida oʻzbek gilosi yangi hosilining navbatdagi joʻnatmasi Malayziyaga yetkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Mahsulotning umumiy hajmi 3 tonnani tashkil etadi.

Toshkent viloyatida yetishtirilgan gilos Malayziyaning «Deli Fruits Trading» importchi kompaniyasiga «Golden Prime Food» MCHJ tomonidan yetkazib berilmoqda.

Yuk Malayziya bozorida oʻzbek mahsulotlarining xabardorligini oshirish uchun “Oʻzbekistonning eng sara giloslari” («Finest Cherries from Uzbekistan») maxsus belgisi ostida joʻnatildi.

Malayziyaning «Deli Fruits Trading» kompaniyasi menejeri Nazatul Shimaning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston gilosi Malayziyaning Kuala-Lumpur shahri hamda Selangor va Joxor shtatlarining savdo tarmoqlarida sotiladi. Uning aytishicha, Oʻzbekiston meva-sabzavot mahsulotlarining navbatdagi joʻnatmasi joriy yilning iyun oyi oʻrtalariga moʻljallangan.

U, shuningdek, ushbu mahsulotlar Malayziyadagi taniqli «Lazada» va «Shopee» elektron savdo maydonchalari orqali xaridorlarga toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazib berilayotganini ham maʼlum qildi.

Mamlakatimizning Kuala-Lumpurdagi diplomatik vakolatxonasi Malayziya bozorida mahalliy ishlab chiqaruvchilarimiz mahsulotlarini faol targʻib qilishda davom etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?