Oʻzbekiston kriket federatsiyasi va Pokiston kriket kengashi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzoladi

22:47 22 Sentyabr 2021 Sport
1404 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Joriy yilning iyul oyida Pokiston Islom Respublikasi bosh vaziri Imron Xon mamlakatimizga rasmiy tashrifi doirasida Koʻksaroyda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida hujjatlar almashinuvi marosimidan soʻng tashkil etilgan matbuot anjumanida ikki davlat oʻrtasida doʻstona aloqalarni yanada mustahkamlash shu jumladan, kriket sport turini mamlakatimizda rivojlantirish masalasiga ham toʻxtalib oʻtilgan edi.

Shundan soʻng Oʻzbekiston kriket federatsiyasi raisi Aziz Mixliyev Pokiston Islom Respublikasining Lahor shahriga xizmat safari uyushtirib, Pokiston kriket kengashi mutasaddilari bilan uchrashdi.

Oʻzaro muloqotda Oʻzbekiston kriket federatsiyasi va Pokiston kriket kengashi oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Oʻzbekiston kriket federatsiyasi hamda Pokiston kriket kengashi oʻrtasidagi oʻzaro tajriba almashinuvini yoʻlga qoʻyish borasida ham kelishuvga erishildi hamda Aziz Mixliyev va Pokiston kriket kengashi raisi Ramiz Roja oʻrtasida mamlakatimizda kriketni intellektual rivojlantirish toʻgʻrisidagi memorandum imzolandi.

Ushbu memorandumga muvofiq, endilikda Pokiston kriket kengashi tomonidan kriket boʻyicha oʻquv-taʼlim ishlari amalga oshiriladi. Bunda asosan murabbiylar va kriketchilarimizning mahoratlarini oshirishga eʼtibor qaratiladi.

Pokiston kriket kengashi tomonidan maxsus dasturga muvofiq, mutaxassislar yuboriladi va ular tomonidan bosqichma-bosqich hakamlik kurslari, murabbiylik kurslari, turli darajadagi amaliy va nazariy oʻquv-yigʻinlari oʻtkaziladi. Bundan tashqari Pokistonning Lahor shahridagi kriket boʻyicha milliy mahorat markazida turli yoshdagi jamoalarimiz uchun oʻquv-mashgʻulotlarini tashkil etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?