Oʻzbekiston-Koreya Elektron Hukumat va Raqamli Iqtisodiyot hamkorlik forumi oʻtkazildi

14:29 28 Noyabr 2022 Siyosat
274 0

Bugun, 28-noyabr kuni Toshkent shahridagi INHA universitetida Oʻzbekiston—Koreya Elektron Hukumat va Raqamli Iqtisodiyot hamkorlik forumi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi vazir oʻrinbosari Jamshid Egamberdiyev, Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi elchisi Kim Xisan, Koreya—Oʻzbekiston elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot hamkorligi boʻyicha ekspert guruhi rahbari Ko Taek-Jin va bir qator ekspertlar ishtirok etdi.

Forumda AKT vaziri oʻrinbosari Jamshid Egamberdiyev Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Elektron hukumat” taraqqiyot indeksiga koʻra Oʻzbekiston 2022-yilda 193 ta davlat ichida 69-oʻrinni egallab, 2020-yilga nisbatan 18 pogʻonaga oʻsganini taʼkidladi.

Binobarin, Axborot texnologiyalari sohasida Oʻzbekiston—Koreya hamkorligini yuksak qadrlagan holda, quyidagi istiqbolli yoʻnalishlarda hamkorlikni yanada jadallashtirishni taklif etildi:

Jumladan, Koreya Respublikasining ilgʻor tajribasini hisobga olgan holda, elektron hukumat, raqamli iqtisodiyot sohalarida Koreya tomoni bilan hamkorlikni rivojlantirish;

— Texnoparklar va innovatsion markazlarni rivojlantirish va samarali boshqarish yoʻnalishida hamkorlik qilish;

— Inson kapitali IT-industriyani rivojlantirishning muhim omili ekanligini hisobga olib, Oʻzbekiston va Koreya ixtisoslashtirilgan universitetlari oʻrtasida IT-taʼlim sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish.

Tadbir doirasida sunʼiy intellekt va aqlli shaharni rivojlantirish yoʻnalishida ham hamkorlikni kuchaytirish, birinchi navbatda, tajribani oʻrganish va birgalikda oʻzaro hamkorlik nuqtalarini aniqlash masalalari muhokama qilindi.

Oʻz navbatida, Elektron hukumat, raqamli iqtisodiyot va sunʼiy intellekt yoʻnalishlarida tajriba almashish dasturlari va malaka oshirish kurslari sonini koʻpaytirish boʻyicha masalalarga eʼtibor qaratildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер