Oʻzbekiston koʻchmas mulk bozorida avgust oyida jadal oʻsish kuzatildi

20:36 23 Sentyabr 2022 Iqtisodiyot
647 0

Foto: Illustrativ foto

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2022-yil avgust oyida koʻchmas mulk bozoridagi holatni tahlil qildi.

Oʻzbekistonda koʻchmas mulk oldi-sotdi shartnomalari soni 26,5 mingtani tashkil etdi, bu joriy yilning iyul oyiga (20,3 ming) nisbatan 30%ga (+6,2 ming) koʻp.

2021-yil avgust oyi bilan taqqoslaganda koʻchmas mulk oldi-sotdi boʻyicha shartnomalar soni 22%ga (4,7 mingta) oshdi.

Toshkent shahrida ikkilamchi koʻchmas mulk bozorida narxlar oʻsishi biroz sekinlashdi va 1,4%ni tashkil etdi (iyun oyida 2,4%, iyul oyida 2,9%).

Hisob-kitoblarga koʻra, joriy yil avgust oyida ikkilamchi bozorda uy-joy oʻrtacha narxlari oʻsishi oyiga 0,5%ni tashkil etdi (iyun oyida – 2,7%, iyul oyida-2,5%).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?