Oʻzbekiston xalqaro Islom akademiyasi talabalari Ombudsmanlar faoliyati bilan tanishishdi
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) F.Eshmatova hamda Bola huquqlari boʻyicha vakil (Bolalar ombudsmani) A.Yunusova Oʻzbekiston xalqaro Islom akademiyasi talabalari bilan ochiq muloqot oʻtkazishdi.
Uchrashuvda Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova talabalarni Ombudsman institutining asosiy faoliyat yoʻnalishlari bilan tanishtirdi.
Taʼkidlanishicha, hozirda dunyoning 180 dan ortiq mamlakatida Ombudsman instituti joriy etilgan va ular mustaqil tashkilot sifatida faoliyat yuritadi. MDH davlatlari orasida esa Oʻzbekistonda birinchilardan boʻlib 1995-yil 23-fevral kuni Ombudsman instituti joriy etilgan. Oʻtgan davr mobaynida Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) koʻplab fuqarolarning jumladan harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarda saqlanayotgan shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilishda oʻzining munosib oʻrniga ega boʻldi. Bir qancha xorijiy mamlakatlarning inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar bilan oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida memorandumlar imzolandi
Bizning vazifamiz, nafaqat murojaatlarni koʻrib chiqish, balki masalalarni keltirib chiqarayotgan sabablarni aniqlash va ularni bartaraf etishdir. Bu borada Ombudsman tomonidan murojaatlar tahlili asosida aniqlangan muammolarni tizimli ravishda hal etish boʻyicha Parlamentga takliflar kiritiladi. Qolaversa, Ombudsman fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash boʻyicha tegishli davlat organlariga taʼsir choralarini, jumladan Ombudsman xulosasi, taqdimnoma va fuqarolar manfaatida sudga daʼvo arizalar kiritadi. Yangilanayotgan Konstitutsiyamizning 98 moddasi bilan Ombudsman institutiga takliflarni qonunchilik tashabbusi tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritishga haqli ekani belgilab qoʻyildi. Bu esa qonun hujjatlarida aniqlangan boʻshliqlarni toʻldirishda muhim vosita hisoblanadi – dedi Ombudsman Feruza Eshmatova.
Shundan soʻng, Bolalar Ombudsmani Aliya Yunusova asosiy vazifalariga toʻxtalar ekan, “Bola huquqlari toʻgʻrisida”gi konvensiya qoidalarini qonunchilikka tatbiq etish, bolaning shaxsi, shaʼni, qadr-qimmati, huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlari himoyasiga butun jamiyat va davlatni faol jalb etish Bola huquqlari boʻyicha vakilning asosiy vazifasi ekanligini taʼkidladi.
Uchrashuv savol-javoblarga boy tarzda, erkin muloqot shaklida oʻtkazildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring