O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov olamdan o‘tdi

13:14 16 Aprel 2021 Madaniyat
9065 0

O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, Xalqaro "Chingiz Aytmatov" mukofoti sovrindori, “Muqimiy” nomidagi O‘zbekiston Davlat musiqali teatri direktori, taniqli aktyor Mirza Azizov olamdan o‘tdi.

O‘zbekiston xalq artisti  Azizov Mirza Mamadjonovich 22 may 1963 yilda Namangan viloyati Chust shahrida tavallud topgan. 
1999 yili "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist”, 2015 yili "O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvonlari bilan mukofotlangan.

Mirza Azizov “Yusuf va Zulayxo” da Fir’avn, “Farhod va Shirin” da Bahrom, “Nodirabegim” musiqali dramasida Madalixon, “Alpomishning qaytishi” spektaklida Alpomish, “Na malakman, na farishta” da Mashrab, “Toptalgan tuyg‘u” da Boysoat, “Medeya” da Kreont kabi obrazlarni yuksak mahorat bilan ijro etib, tomoshabinlarning mehri va e’tiborini qozongan.

U ko‘plab filmlarda yetakchi rollarni o‘ynagan. Jumladan, “Ko‘ngil ko‘chalari” serialida Sanjar, “Ostona” da mayor Mo‘minov, “Imom Buxoriy” da xabash, “Gulxan atrofidagilar” da Xazrat Qorayevich kabi rollari orqali milliy seriallarimizda hamda “Muhabbat sinovlari” filmida Aziz Mirzayevich, “Tubanlik”da Turg‘un xoji, “Marg‘iyona” da temirchi, “Muruvvat” da Qodir, “Muxabbatimsan” da Shuxratxo‘ja, “Gumrohlar” da Mirza Maxmudov, “Novda” da bosh vrach singari 50 dan ziyod kinolarda asosiy rollarni ijro etib, xalqimiz dilidan joy olgan.

Mirza Azizov 2014 yili “E’tirof” milliy mukofotining “Yilning eng yaxshi kino aktyori” nominasiyasiga sazovor bo‘lgan.

“Xalq so‘zi” tahririyati marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?