Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bayonot berdi

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining katta majlislar zalida ayollar muammolarini tizimli hal etish, ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Respublika komissiyasining navbatdagi kengaytirilgan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilgani. Unda jurnalistlar ham taklif etilib, yigʻilish yarmidan chiqarib yuborilgani haqida xabar bergan edik.
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi holat yuzasidan bayonot berdi.
«Respublika komissiyasi yigʻilishi ikki qismdan iborat boʻlgani bois OAV vakillari tadbirning birinchi qismiga taklif etilgan. Ikkinchi qismda kollegial masalalar muhokama qilinishi sababli, unda jurnalistlar ishtiroki koʻzda tutilmagan edi. Lekin, tadbir reglamenti OAV vakillariga batafsil va oʻz vaqtida yetkazilmaganligi sababli ayrim tushunmovchilik holatlari yuzaga kelgan.
Respublika komissiyasi faoliyatini keng jamoatchilikka yetkazish, ayniqsa, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar muammolarining hal etilishi, xususan, ular bandligini taʼminlash, salomatligini mustahkamlash, tadbirkorligini yoʻlga qoʻyish orqali doimiy daromad manbaiga ega boʻlishlariga koʻmaklashish, ayollarning turmush sharoitlarini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlardan keng jamoatchilikni xabardor etishdan komissiyaning oʻzi manfaatdor.
Shu bois, Federatsiya bundan keyin ham kasaba uyushmalari faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarida olib borilayotgan ishlarni xolis va haqqoniy yoritib borishda OAV bilan hamkorlikka doim tayyor va ochiq ekanligini bildiradi», deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring