Oʻzbekiston-Kanada parlamentlararo aloqalarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

Foto: Illustrativ foto
Joriy yil 29-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori S.Safoyevning Kanada-Oʻzbekiston doʻstlik guruhi raisi Z.Abultaif bilan videokonferensiya formatida uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv davomida tomonlar siyosat, iqtisodiyot va parlamentlararo hamkorlik sohalarida Oʻzbekiston-Kanada hamkorligining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.
Bundan tashqari, uchrashuvda taʼlim sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada faollashtirish, xususan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti va Alberta universiteti oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Parlament aʼzosi bu sohadagi hamkorlik istiqbollarini qayd etib, Kanadaning tegishli muassasalari bilan oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va axborot almashish, ilmiy-uslubiy resurslarni jalb qilish, qoʻshma ilmiy-tadqiqot dasturlari va stajirovkalarni tashkil etishga oʻz hissasini qoʻshishga tayyorligini bildirdi.
Kanada parlamenti vakillari bilan uchrashuv yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston-Kanada parlamentlararo munosabatlari masalalari yuzasidan doimiy aloqalarni davom ettirish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Oʻzbekiston Prezidentining 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bir qator muassasalarga tashrifi jarayonlaridan “Xalq soʻzi” muxbiri fotoreportaji
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- AQSH Gʻarbni Ukrainaga qiruvchi samolyotlar yetkazib berishga chaqirmoqda
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Yevropada bir vaqtning oʻzida ham gripp, ham koronavirusni yuqtirgan bemorlar koʻpaymoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring