Oʻzbekiston Huquq ustuvorligi indeksida 14 pogʻona yuqoriladi

00:46 17 Oktyabr 2021 Jamiyat
638 0

Joriy yilning 14-oktyabr kuni Jahon odil sudlov loyihasi tashkiloti tomonidan eʼlon qilingan huquq ustuvorligi indeksining 2021-yilgi nashrida Oʻzbekiston 14 pogʻona yuqoriladi va umumiy reytingda 85-oʻrinni egalladi. Bu haqda Adliya vazirligining matbuot xizmati xabar berdi

Joriy yilgi nashrda Oʻzbekiston uchun berilgan baholar 4,1 foizga koʻtarilib, bu borada eng yaxshi natija koʻrsatgan uchta davlatdan biriga aylandi.

Mazkur indeks tadqiqotlari 138 mingta uy xoʻjaligi va 4 mingdan ortiq huquqshunos va mutaxassislar oʻrtasida soʻrovlar oʻtkazgan holda amalga oshirilgan va unda 139ta mamlakatdagi huquq ustuvorligi darajasi baholangan.

Qayd etilishicha, joriy yildagi nashrda Kongo Respublikasi, Gaiti, Irlandiya, Latviya, Litva, Lyuksemburg, Malta, Paragvay, Slovakiya Respublikasi va Sudan kabi yangi mamlakatlar qoʻshilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?