Oʻzbekiston hududida pirotexnika buyumlari muomalasi sohasida davlat nazorati kuchaytirildi

13:21 02 Dekabr 2021 Jamiyat
289 0

“Oʻzbekiston Respublikasi hududida pirotexnika buyumlari muomalasi sohasida davlat nazoratini kuchaytirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (724-son, 01.12.2021-y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, xavflilikning II klassiga tegishli maishiy pirotexnika buyumlarining jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan muomalasi taqiqlanadi.

Texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika buyumlari Prezident yoki Hukumat qarorlariga muvofiq ommaviy tadbirlarda litsenziyaga ega yuridik shaxslar tomonidan olib kirilishi mumkin.

Pirotexnika buyumlarini noqonuniy muomalasi bilan shugʻullanganlarni aniqlash va javobgarlikka tortish boʻyicha kompleks choralar koʻriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?